Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHAYLIK.

 O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti hamda tuman hokimligi hamkorlikda " deputat mahallada" loyihasi doirasida tumandagi "Furqat " maxalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 2-umumta’lim maktabida va maxalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 53-OShP da ustozlar va yoshlar hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik " shiori ostida davra suhbatlari tashkil etildi.  

Davra suhbatida so‘zga chiqqan din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshloq tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi To‘lqinjon Abdullayev, Xalq Demokratik partiyasi tuman tashkiloti raisi, tuman Kengashi deputati Tursunboy Soliyevlar tomonidan bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash, ularning mahallada faoliyat yuritayotgan Maxalla yettiligi bilan hamkorlikda bandligini ta’minlash hamda muqaddas dinimiz sofligini asrash barobarida farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish, yoshlar va ayollar jinoyatchiligini oldini olish, erta turmush va sha’riy nikox kabi illatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalarida tushunchalar berdilar.   

Slide 1 of 4