Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatining maqolasi

 Agar siz yashayotgan qishloq, ko‘cha, mahalla, guzarda yo‘l yoqalarida piyodalar yo‘lakchalari bo‘lsa, bu piyodaga ham, mashinalarda ketayotgan haydovchilarga ham yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishiga yengillik tug‘diradimi? Albatta. Ertalab maktabga borayotgan, tushda yo ikkinchi smenada o‘qisa, kechki paytda maktabdan darslardan charchab uyiga qaytayotgan o‘quvchilar, ishdan qaytayotgan avtoulovlarga ham oson bo‘ladimi, yo‘qmi? 

Agar siz yashayotgan manzilda ko‘cha yoqalarida ariqlar betonlangan yo chiroyli “lotok”lar yotqizilgan bo‘lsa, bu shu hududga shaharni eslatuvchi qiyofa baxsh etadimi, yo‘qmi? Bundan ruhingiz ko‘tariladimi? 

Ba’zi bir qishloqlarda yashovchi ba’zi odamlar “Bizning ariqlarga suv kelishi qiyin bo‘layapti” deb nolib gapirishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham suv yo‘llariga “lotok”lar yotqizsak, bu birinchidan, suvning ariqlardan toshib ketishining oldini olib, uning tartibga olinishiga sabab bo‘ladi, ikkinchidan, zamonaviy qiyofa kasb etadi, uchinchidan, suvni tejovchi vazifani bajaradi. Betonlangan ariq yo ariqchadan oqayotgan suvni boshqarish osonroq jarayondir. U tartibga olingan suv hisoblanadi.
 

Tuman hokimi I. Jabborov boshchiligida tuman markazi, Chelak shahri va boshqa mahallalarda ham ana shu chiroyli ish amalga oshirilishi belgilanmoqda. To‘g‘rida, tuman markazida yashasak va ishlasakda, haligacha bu tadbir belgilanmagan ekan. Tuman hokimi boshchiligida Payariq shahridagi “Samarqand”, “Xalqobod”, “Payariq 50 yilligi”, “Cho‘lpon”, “Yangi hayot”, ”Bo‘ston”, “Uyg‘un”, Jaloliddin Manguberdi, Uvaysiy, “Yashnobod” ko‘chalarida ana shunday obodonlashtirish ishlari olib borishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullar ishtirokida ishlar boshlab yuborildi.
Shuningdek, Yoshlar bog‘i ham tartibga keltiriladi. 

Shuningdek, Chelak shahridagi “Istiqlol”, “Obod”, “Yangi bozor”, “Kattatepa”, “Navro‘z” va boshqa ko‘chalarda ham ana shunday bunyodkorlik ishlari olib boriladi. Eng qizig‘i, loyihalash instituti tomonidan mukammal holatda ishlab chiqilgan loyihalar asosida Payariq va Chelak shaharlari ham ko‘rkam, ko‘rsangiz dilingiz yorishadigan holatga keltiriladi. Bu esa boshlanayotgan xayrli ishlarning debochasi bo‘ladi. Bugun Payariq shahriga kirib kelar ekansiz, yangidan qilingan zamonaviy va keng, tekis yo‘l qancha dilingizni faxrga to‘ldirsa, endilikda amalga oshiriladigan ishlar ham shunchalik kelajak kunlarga, shaharlarimizni boshqa joylardan qolishmasligiga xizmat qiladi va bu kunlar tarixga muhrlanadi. Faqat ozgina mas’uliyatliroq bo‘lsak bo‘lgani. 

Tuman hokimi bugun bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishida ana shular haqida gapirar ekan, bu e’tibor va obodonchilik ishlari barcha mahallalarga kirib borishi kerakligi, bu xalqimiz uchun qulay sharoitlar yaratishi, mas’ullarning bu borada shijoati zarurligini ta’kidladi.  

Azamat Tavboyev

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 1