Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari Ishtixon tumani deputatlari nazoratida.

Ishtixon tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limiga qarashli 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Voyaga yetmaganlarning ta‘lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish hamda umumiy o‘rta ta‘lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari” mavzusida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati E.Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari bo‘yicha ota-onalarga o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish, tarbiyasi va o‘qishida muammo bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan birga ishlab, muammolarni yechishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rish muhimligi haqida tushunchalar berdi. 

📚 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati E.Abdusalomov, tuman milliy gvardiya bo‘limi katta leytenanti B.Qobulov, “Zartepa” mahalla raisi Yo.Yusupov, mahalla profilaktika inspektori N.Meyliyev, hududiy inspektor psixolog M.Qurbonov, tuman ARM direktori U.Nurmuxamedov va ota-onalar ishtirok etishdi.  

Slide 1 of 5