Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Ulug‘bek Fayziyevning hududlarda saylovchilar va deputatlar bilan uchrashuvi to'g'risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Ulug‘bek Fayziyevning hududlarda saylovchilar va deputatlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Bugungi manzil Qiziltepa tumani bo‘ldi.

Tumanning Bunyodkor mahallasi binosida mahalla yettiligi, aholi vakillari, deputatlar, xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda U. Fayziyev qonunchilikdagi yangiliklar, Oliy Majlis Senatining so‘nggi yalpi majlislarida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida ma’lumotlar berdi, uchrashuv ishtirokchilarining muammo va takliflarini tingladi. 

Barcha masalalar senator tomonidan yozib olinib, Respublika darajasidagi masalalar yuzasidan senatorlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 7