Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoniga asosan tumanda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari S.Xujamiyarov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Ziyatovlarning hisobotlari tinglandi.

Mazkur masala komissiya a’zolari va mas’ullar tomonidan atroflicha muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1