Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari "mahallabay" va "fuqarobay" tizimida samarali faoliyat olib bormoqdalar.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari "mahallabay" va "fuqarobay" tizimida samarali faoliyat olib bormoqdalar. 

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari – Ozodaxon Dadajonova, Fayzullo Mirzayev, Nazirjon Isaqov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N. Karimovlar "mahallabay" va "fuqarobay" tizimida samarali faoliyat olib bormoqdalar. 

"Fuqarobay" ishlash davomida Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi N.Sh.X.ning og‘ir ijtimoiy sharoitga tushib qolganligi va hozirgi kunda uy-joyga muxtojligi tufayli qilgan murojaati o‘rganilib, N.Sh.X. hozirda tumandagi umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ekanligi, turmush o‘rtog‘i o‘zining shaxsiy avtomobilida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanishi, 3 nafar farzandi va 21 yoshli farzandi nogironligi borligi, N.Sh.X. "Ayollar daftar"ning 5 toifasiga, ya’ni uy-joyga muxtoj toifasiga olinganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng N.Sh.X.ning murojaati "Ayollar daftari"ning 5-toifasiga to‘g‘ri kelmasligi tushuntirilib, farzandini davolatishda amaliy yordam ko‘rsatishlari uchun shifokor qabuliga borib, ko‘rikdan o‘tkazish kerakligi tavsiya qilindi.

Slide 1 of 1