🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Shaxnoza Umarxоdjayeva Olmazor tumanidagi "Nihol", "Yuqori Beshqo‘rg‘on" va "G‘alaba" mahallalarida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Olmazor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📝 So‘rovda quyidagi masalalar ko‘tarildi:
• kambag‘allik toifasiga kiritilgan oilalar bilan ishlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar; • ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni doimiy va vaqtinchalik ish bilan ta’minlash; • aholini kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish; • imtiyozli kredit, subsidiya va boshqa ko‘maklardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish; • mahallalarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga fuqarolarni yo‘naltirish; • kambag‘allikdan chiqarilgan oilalar bilan keyingi davrdagi ishlarning samaradorligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etilishi bo‘yicha so‘rov yo‘llangan.
📁 Deputat so‘rovining asosiy maqsadi — mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash, bolalar va fuqarolar uchun yashash sharoitini yaxshilashdir. Shu bilan birga, hokimlikdan so‘rovga 10 kun ichida asoslantirilgan javob taqdim etilishi so‘ralgan.