Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Haftalik_ish_rejasi #24_ta_masala #PF_193_son_Farmon_ijrosi #162_ta_qonun 🏛 MAHALLA YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-“Yangiturmush” saylov okrugi deputati S.Eshonqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan “Guliston” mahallasining mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi doirasida mahallada olib borilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash; 🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash; 🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish; 🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish; 🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; 🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash;
📊 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
📝 Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish hamda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.