Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Oilaviy poliklinika filiali faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar J.Sadirov va O.Babayev tomonlaridan tumanning “Uyenkulsay” mahallasida joylashgan 12-sonli oilaviy poliklinikaning “Yangiovul” tayanch punkti faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida muassasada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarni tashkil etish holati va mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar uchun qulay muhit yaratish, tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ham o‘rganildi. Elektron axborot tizimlaridan foydalanish, tibbiy ma’lumotlarni raqamli shaklda yuritish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

🔻Aholiga dori vositalarini tayinlash jarayonida elektron retsept berish ishlari ham o‘rganilib, mazkur yo‘nalishda ishlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Elektron xizmatlarning joriy etilishi tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada tizimlashtirish va fuqarolar uchun qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.

🔻O‘rganishning yana bir muhim yo‘nalishi muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, isitish tizimi, mavsum davomida uzluksiz faoliyat yuritish imkoniyatlari hamda yoqilg‘i zaxiralari holatiga e’tibor qaratildi. Ma’lum bo‘lishicha, muassasada ko‘mir zaxiralari mavjud bo‘lib, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgan.

🔻Umuman, o‘rganish natijasida tayanch punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgani, xizmatlarni raqamlashtirish va elektron retsept berish ishlari yo‘lga qo‘yilgani hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati qoniqarli darajada ekani qayd etildi.

Slide 1 of 7