Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Madjitov tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔺O‘rganishdan asosiy maqsad davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi, xarid jarayonlarining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, budjet mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanish holatini baholashdan iborat bo‘ldi.

🔺O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirishda belgilangan tartib-taomillarga rioya etilishi, xarid jarayonlarining amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilganligi hamda xaridlarni rejalashtirish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda buyurtmachi va mas’ul xodimlarning vakolatlari, xarid jarayonlarida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, xarid predmeti va unga qo‘yiladigan talablarni belgilashda amaldagi me’yorlarga rioya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔺O‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlar Qonun hamda sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida olib borilayotgani aniqlandi.

Slide 1 of 2