Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanining Paxtakor mahallasida aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda mahallani ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish yo‘lida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bugun O‘zbekiston mahallalar uyushmasi mas’ul xodimi M.Shermetov, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi A. Allamuradov, “Angor – Agro Star” MCHJ mas’ullari hamda mahalla aholisi ishtirokida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida tomorqalarga ekish mumkin bo‘lgan 10 ga yaqin turdagi sabzavotlarning xususiyatlari, ularni yetishtirish va parvarishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🥦 Aholiga karamning 3 xil navi namoyish etilib, ayniqsa brokkoli va gulkaram navlari katta qiziqish uyg‘otdi. Fuqarolar ushbu ekinlarni o‘z tomorqalarida yetishtirish istagini bildirishdi.

Asosiy maqsad — tomorqadan unumli foydalanib, oilalar daromadini ko‘paytirish.

Seminarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan samarali foydalanish va ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Mas’ullarga har bir xonadon bilan manzilli ishlash, tomorqalarga daromadli ekinlarni ekishni kengaytirish hamda aholining mehnati orqali barqaror daromad topish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Zero, unumli foydalanilgan har bir qarich yer — qo‘shimcha daromad, farovon oila va obod mahalla demakdir!

Slide 1 of 4