35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi

Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Termiz shahar FHDYO bo‘limiga tashrif buyurib, bo‘lim mudirasi bilan muassasaning bugungi kundagi faoliyati yuzasidan suhbatlashdilar.

Suhbat davomida FHDYO bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash holati, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish jarayonlari hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, bo‘lim faoliyatida mavjud masalalar, ularni bartaraf etish, aholiga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4