35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Buni_bilasizmi

#Buni_bilasizmi
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi №706-II-sonli Qonuni

7-modda. Deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlari

Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputati oʻz okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bogʻlab turadi, tegishli xalq deputatlari Kengashida ularning manfaatlarini ifoda etadi.

Deputat oʻziga saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, ularni hal etish chora-tadbirlarini koʻradi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.

Deputat vaqti-vaqti bilan, lekin yiliga kamida toʻrt marta saylovchilarga oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot beradi.

Deputatga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun tegishli xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilanadigan tartibda muayyan kunlar ajratiladi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun deputatga zarur shart-sharoit taʼminlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari uning iltimosiga koʻra bino ajratilishini tashkil etadilar, deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida fuqarolarga xabar beradilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun deputatning taklifiga binoan oʻzlarining masʼul vakillarini yuboradilar, shuningdek, deputatning joylardagi ishiga koʻmaklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar koʻradilar.

Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1