35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#e’tirof

Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi shodyonalari arafasida el-yurt ravnaqi va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lmoqda.

Quvonchlisiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tegishli Farmoniga ko‘ra, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining yana 3 nafar faol deputati — Abdumajid Shodiyev, Muhiddin Abdullayev hamda Barxayot Meliyevlar ham “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Ushbu sovrin — deputatlarimizning Olmaliq shahrini har tomonlama rivojlantirish, mahalla va hududlarda xalq bilan yaqin muloqot o‘rnatish, fuqarolarning muammolarini hal etish hamda Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi tinimsiz mehnatlariga berilgan yuksak bahodir.

Xalq deputatlari shahar Kengashi jamoasi nomidan xalq vakillarini ushbu qutlug‘ mukofot bilan tabriklaymiz!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va el-yurt ishonchini oqlash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda yangidan-yangi zafarlar tilaymiz!

Slide 1 of 4