35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#tadbirkorlik_faoliyati #aholi_bandligi #qonun_ijrosi

Shahardagi "Zarbuloq" mahallasida hudud deputati Faxriddin Matasimov boshchiligida mahallaga biriktirilgan bank xodimlari hamda hokim yordamchisi ishtirokida navbatdagi amaliy muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — mahalla drayverlarini aniqlash, aholi bandligini ta’minlash, hududda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish hamda "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-580) ijrosini joylarda ta'minlashdan iborat bo‘ldi.

Qonun ijrosi va moliyaviy ommaboplik: O‘RQ-580 sonli Qonun talablaridan kelib chiqib, bank xizmatlari ommabopligini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar shaffofligini ta'minlash masalalari Muhokama qilindi.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: O‘z biznesini boshlash va yangi ish o‘rinlari yaratish istagida bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar hamda davlat subsidiyalari ajratish tartibi batafsil tushuntirildi.
Moliyaviy ko‘mak va hamkorlik: Bank xodimlari va hokim yordamchisi hamkorligida fuqarolarning istiqbolli biznes loyihalarini amaliyotga joriy etish tizimi ko‘rib chiqildi.
Moliyaviy intizom va mas'uliyat: Hududdagi mavjud qarzdorliklar atroflicha tahlil qilinib, kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish, to‘lov intizomiga rioya etish bo‘yicha tegishli choralar va vazifalar belgilandi.

Aholi farovonligi, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va mahalla taraqqiyoti yo‘lidagi bunday amaliy uchrashuvlar davom etadi.

Slide 1 of 3