35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#adolat_sdp #uchrashuv #o'rganish

O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Markaziy Kengashi hamda viloyat Kengashi apparati xodimlari tomonidan Xalq deputatlari Olmaliq shahrida deputatlik guruhi faoliyati va deputatlar ishining samaradorligi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor deputatlik so‘rovlarining natijadorligi, saylovchilar bilan o‘tkazilayotgan yuzma-yuz uchrashuvlar sifati va eng muhimi — fuqarolar murojaatlari ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish masalalariga qaratildi.
Shuningdek, hududdagi dolzarb muammolarni joyida va tezkor hal etishda ijro hokimiyati hamda "mahalla yettiligi" bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Samarali muloqot va do‘stona ruhda o‘tgan amaliy uchrashuvda:
Sevar Qodirova — Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri;
Faxriddin Matasimov — shahar Kengashi deputati;
Matluba Ashurova — shahar Kengashi deputati;
Kotibiyat xodimlari va partiya faollari ishtirok etishdi.

Tadbirlar yakunida aholi farovonligini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda istiqboldagi ustuvor rejalarni amalga oshirish yuzasidan aniq "yo‘l xaritasi" kelishib olindi.

Slide 1 of 4