35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#bandlik #deputat nazorati

Xalq deputatlari vakili Muhiddin Abdullayev tomonidan shahrimizdagi Usmon Nosir mahallasida keng qamrovli oʻrganish va tahlil ishlari olib borildi. O'rganishning asosiy maqsadi — mahalla drayverlarini aniqlash, hokim yordamchisining ish samaradorligini baholash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ijrosini koʻzdan kechirishdan iborat boʻldi.

Oʻrganishlar davomida quyidagi muhim yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi:
Hokim yordamchisi faoliyati tahlili: Mahalla hokim yordamchisining "Xonadonbay" ishlash tizimi, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda «Mahalla yettiligi» bilan birgalikdagi koʻrsatkichlari atroflicha koʻrib chiqildi.
Aholi bandligi va daromad manbalari: Hududda yangi ish oʻrinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda doimiy va mavsumiy ish bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Tadbirkorlik subyektlari rivoji: Mahalla hududida faoliyat yuritayotgan biznes subyektlari, kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyati oʻrganildi. Tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozli kreditlar berilishi va mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.

Deputat Muhiddin Abdullayev mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, fuqarolar bandligini taʼminlash koʻrsatkichlarini oshirish hamda yangi tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hokim yordamchisi va masʼullarga oʻz taklif hamda tavsiyalarini berib oʻtdi.

Slide 1 of 2