35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI

 POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI

Pop tumani Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lakchasi ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputatlari N. Abduraximov, Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov hamda mas’ullar ishtirok etdi.

Joyiga chiqqan holda piyodalar yo‘lakchasini barpo etish ishlarining borishi, belgilangan vazifalar ijrosi, yo‘lakchaning aholi uchun qulayligi va xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini ta’minlash
va belgilangan talablarga rioya etishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududda piyodalar harakati uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 

 

Slide 1 of 4