35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganildi


Xalq deputatlari tuman Kengashining “7-Tortuli” saylov okrugidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan Turmushobod mahallasida aholi bilan manzilli muloqot tashkil etildi.
O‘rganish jarayonida deputat mahalladagi ijtimoiy xodim bilan birgalikda xonadonbay yurib, fuqarolarning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari hamda mavjud muammolarini o‘rgandi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimini ta’minlash, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Shuningdek, xonadonlarni o‘rganish davomida ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan oilalar, aholining muammoli masalalari va ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ham alohida ko‘rib chiqildi.

Bunday manzilli o‘rganishlar fuqarolar murojaatlariga joyida yechim topish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda hududdagi mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3