35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
#_Kengash_ish_rejasining_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholiga ajratilayotgan kreditlarning manzilliligi o‘rganildi

#_Kengash_ish_rejasining_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Aholiga ajratilayotgan kreditlarning manzilliligi o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi M.Ashurov tomonidan tumandagi Biznesni rivojlantirish banki faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bank tomonidan aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda o‘z biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarga ajratilayotgan kredit mablag‘larining manzilliligi, samaradorligi va o‘z vaqtida yetkazib berilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, aholining kredit olish uchun murojaatlari, kredit ajratish jarayonida yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlardan foydalanish holati hamda ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlar asosida sarflanayotgani tahlil qilindi.

Shuningdek, kredit mablag‘lari orqali yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlash, mavjud biznes loyihalarni kengaytirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida kredit olish istagidagi fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, murojaatlarni ortiqcha byurokratik to‘siqlarsiz ko‘rib chiqish, ajratilayotgan mablag‘larning haqiqatan ham aholining daromadini oshirishga xizmat qilishini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Alohida ta’kidlanganidek, kredit mablag‘larining samarali va manzilli yo‘naltirilishi yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1