35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Deputatlik nazorati — muammolarni joyida o‘rganish va yechim topish garovi

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ta’minlash maqsadida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari “Obikor” MFYda tashkil etildi. Unda 20-Obikor saylov okrugi deputati  X.Salomov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov ishtirok etib, mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.

Muloqot davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy muammolari xonadonbay o‘rganilib, mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, Prezidentning PF-116-son Farmoni hamda belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida “Mahalla yettiligi” faoliyati ham atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida “Mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik, “Ijtimoiy daftarlar” bilan ishlash samaradorligi, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholining murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahalladagi ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — muammoni shunchaki aniqlash emas, balki uning amaliy yechimini ta’minlashdir.

Slide 1 of 1