35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Xavfsiz hudud va obodonlashtirish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Qalandarxona” mahalla fuqarolar yig‘inida “Xavfsiz hudud” tamoyili doirasida mahalladagi jamoat xavfsizligi, yoshlar bilan ishlash hamda hudud obodonchiligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

️O‘rganish davomida mahalla posboni A.Yoqubov bilan birgalikda mahalla hududida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilib, ularning hudud xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati, mavjud holati hamda ulardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Yoshlar ko‘chasi 5-“A” xonadonda yashovchi, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi K.Qahramonova bilan suhbat o‘tkazildi. Muloqot davomida uning ijtimoiy holati, kelgusidagi rejalari va bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Fuqaroga kasb-hunarga o‘rgatish kurslariga jalb qilinish, muayyan kasb egallab, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish hamda jamiyat uchun foydali mehnat qilish orqali o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish yuzasidan tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, Hudud infratuzilmasi va yo‘l masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Mahalla aholisi uchun muhim bo‘lgan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Sadriddin Ayniy ko‘chasini to‘liq, Qurxona ko‘chasini esa qisman asfalt qoplamasi bilan qoplash masalasi yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi borasida kelishib olindi.

Mazkur deputatlik so‘rovi orqali yo‘llarning mavjud holatini o‘rganish, asfaltlash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasiga amaliy yechim topish ko‘zda tutilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4