35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Abdujamilovga biriktirilgan kotibiyat xodimi J.Sadirov tomonidan “Ma’rifat”, “Daxana”, “Navro‘z” mahallarida aholiga ko‘rsatilayotgan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmati sifati, chiqindilarni yig‘ish punktlarining holati hamda belgilangan jadvalga rioya etilishi holati o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish punktlarida sanitariya va obodonlashtirish holatiga, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilishiga hamda maxsus transport vositalarining xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Joylardagi holatni o‘rganish jarayonida ayrim chiqindi yig‘ish punktlarida chiqindilar to‘planib qolgani, ularni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish ishlari to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani aniqlandi. Xususan, aholiga chiqindi tashish xizmati ko‘rsatishda tasdiqlangan jadvalga to‘liq rioya etilmayotgani natijasida chiqindilarning belgilangan vaqtdan ortiq muddat davomida yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Shuningdek, chiqindilarni tashish xizmatini ko‘rsatuvchi korxonaning ixtiyoridagi jami 23 ta maxsus transport vositasidan 6 tasi nosoz holatda ekani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgani qayd etildi.

🟢O‘rganish davomida korxona mas’ullari bilan mavjud muammolar muhokama qilinib, maxsus texnikalardan samarali foydalanish, nosoz transport vositalarini qisqa muddatlarda ta’mirlash, chiqindilarni yig‘ish punktlarida to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda tasdiqlangan jadval asosida chiqindilarni muntazam ravishda olib chiqib ketish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7