Bugun mamlakatimiz bo‘ylab yangi o‘quv yilining ilk kuni — Bilimlar kuni keng nishonlanmoqda.
❗️Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Baxrom Xudayarov Yangi davr mahallasidagi 156-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tantanali “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
✅Tadbirda so‘zga chiqqan deputat mehribon va fidoyi ustozlarni, farzandlarining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalarni hamda bilim olish yo‘liga qadam qo‘yayotgan aziz o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.
📚Ayniqsa, maktab hayotiga ilk qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari uchun bu kun unutilmas va quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida ularga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.