35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI, KO‘CHALARNI TUNDA YORITILISHI, O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududida joylashgan “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati doirasida ko‘chalarni tungi yoritish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.Xususan, “Navro‘z” MFYning “Sho‘rob” ko‘chasida quyosh panellari yordamida tungi yoritish tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, mahalla ichki ko‘chasiga 140 dona quyosh panelli yoritish chiroqlarini o‘rnatish jarayoni o‘rganildi.O‘rganish davomida ishchi-xodimlar tomonidan yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari bevosita olib borilayotgan jarayon ko‘zdan kechirilib, o‘rnatilayotgan qurilmalarning joylashuvi, ishlarning bajarilish sifati hamda belgilangan talablarga muvofiqligiga e’tibor qaratildi.Shuningdek, hududni tungi vaqtda yoritish imkoniyatlarini kengaytirish, mahalla ichki ko‘chalarida aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan tartibda yakunlanishi yuzasidan tegishli nazorat tadbirlari olib borildi.Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning sifatli va samarali tashkil etilishi deputatlik nazorati doirasida nazoratda davom ettiriladi.  

Slide 1 of 3