35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
KENGASH SESSIYASIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA HISOBOT TINGLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining sessiyasida Chilonzor tumani elektr ta’minoti korxonasi rahbarining 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, tarmoqlarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Hisobotda elektr tarmoqlarini yangilash, transformatorlarni almashtirish, podstansiyalarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🌱 Energiya samaradorligini oshirish maqsadida tumanda 4,3 MVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilib, 6 oy davomida 6 mln kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.
Muhokama yakunida korxonaning 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari qoniqarli deb baholandi hamda elektr ta’minotini yanada yaxshilash, avariyaviy holatlarning oldini olish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.