35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
💰 “OCHIQ BUDJET” ORQALI G‘OLIB BO‘LGAN LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali 2026-yil 2-mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarni tanlab olish hamda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini mazkur loyihalarga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.
📑 Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori talablarining tumandagi ijrosi ko‘rib chiqildi.
🗳 Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, g‘olib loyihalarni belgilangan tartibda tanlab olish hamda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi mablag‘larni mazkur loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Doimiy komissiya tomonidan tashabbusli budjet jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mablag‘lardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
📌 XULOSA:
Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali Shovot tumanida 2026-yil 2-mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini mazkur loyihalarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.
✍️ Doimiy komissiya raisi — G. Dosova