Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Popda yana bir zamonaviy mahalla binosi foydalanishga topshirildi!

Pop tumanida yana bir zamonaviy mahalla binosi foydalanishga topshirildi!

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 12-dekabrdagi VII-15-125-6-84-K/25-sonli qaroriga asosan Xo‘jaobod mahallasi ahli uchun munosib tuhfa — yangi va zamonaviy mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

Yillar davomida eski va noqulay binoda faoliyat yuritgan mahalla faollari endilikda barcha sharoitlarga ega zamonaviy binosida ish boshlaydi.

Tantanali tadbirda mahalla aholisi va nuroniylar ishtirok etdi. Tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev mahalla ahlini ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida yanada faol va astoydil mehnat qilishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun: so‘nggi 5 yilda Pop tumanida 35 ta mahalla binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Slide 1 of 6