Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz Chilonzor hamda 1-Charx-Kamolon mahallasi fuqarolari!

Sizlarni yurtimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xalq farovonligini oshirish, mahallalarni obod qilish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, ta’lim va tibbiyot sifatini yuksaltirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugun yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan bunyodkorlik va yangilanishlar mahallalarimiz hayotida ham o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Yangi va ta’mirlangan yo‘llar, obod hududlar, zamonaviy ijtimoiy obyektlar, yashil maskanlar va aholi uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar — bularning barchasi tinch va farovon hayotimizning muhim omilidir.
Chilonzor tumani, xususan, Chilonzor va 1-Charx-Kamolon mahallasi aholisi ham yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Mahallalarimizda hamjihatlik, mehr-oqibat va bunyodkorlik muhiti tobora mustahkamlanib bormoqda.
🌿 Mustaqilligimiz — bebaho ne’mat, tinchligimiz — eng oliy qadriyat!
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, farovonlik va yangi zafarlar tilaymiz.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonimiz yanada ravnaq topaversin! 🇺🇿

A.Miryunusov
Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputati

Slide 1 of 1