Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
YAGONA VATAN — YAGONA XALQ!

O‘zbekistonimiz mustaqilligining 35 yilligi — xalqimizning birdamligi, Vatanga bo‘lgan cheksiz mehr va bunyodkorlik timsolidir.

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va porloq kelajakni birgalikda yaratamiz!

Istiqlolning yoshi o‘ttiz besh

Istiqlolning yoshi o‘ttiz besh,
Farovondir, elning ishi besh.
Yer-u ko‘kni munavvar etgan
Oftobu Oy tunu kunda esh.
Vatan ozod, erki qo‘lida,
Chin qardoshlar o‘ngu so‘lida.
Gul chechaklar chaman cho‘lida,
Istiqlolning yoshi o‘ttiz besh.
Muzlar erib, qalblarda ko‘klam,
Kunlarimiz kundan kun ko‘rkam,
Qancha suyib ardoqlasang kam,
Istiqlolning yoshi o‘ttiz besh.
Uqdiraman o‘g‘il-u qizga,
Ko‘z tegmasin turmushimizga,
Havas qilar yer yuzi bizga,
Istiqlolning yoshi o‘ttiz besh.
Sarbonimiz oqilu bardam,
Yuksaklarni zabt etar har dam.
Mukarramdir hazrati odam,
Istiqlolning yoshi o‘ttiz besh.
Ulug‘ ne’mat tinch o‘tgan har on.
Ibrat olsin bizlardan jahon,
Yo‘limizni yoritar Qur’on,
Istiqlolning yoshi o‘ttiz besh.
Shavkatlidir Hur O‘zbekiston,
Jannatmonand boqiy guliston,
Hazon bilmay yashnasin bo‘ston,
Istiqlolning yoshi o‘ttiz besh.
Iqbolimiz abadiy bo‘lsin,
Olam quvonch, shodlikka to‘lsin.

Omonulloh Mutal
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati