Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Beshqo‘rg‘on MFY hududidagi ichki yo‘llar asfaltlanmoqda

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imomov Sanjarali To‘lqinovich tashabbusi bilan Beshqo‘rg‘on MFY hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
Deputat yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish jarayonining borishini o‘rganish maqsadida hududga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan bevosita tanishdi.
Avval ushbu yo‘llarning qoniqarsiz holati, ayniqsa, yomg‘irli kunlarda suv to‘planishi, quruq kunlarda esa chang ko‘tarilishi natijasida aholi uchun noqulayliklar yuzaga keltirayotgan edi. Bu esa piyodalar va transport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.
Aholining qulay va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida ichki yo‘llarga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.
Mazkur ishlar Beshqo‘rg‘on MFY hududining obodonligini yanada yaxshilash, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va aholiga munosib hamda qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5