Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
MUSTAQILLIK SHUKRONASI — KO‘KSAROY MAHALLASIDA BAYRAM SHUKUHI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿  🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35

MUSTAQILLIK SHUKRONASI — KO‘KSAROY MAHALLASIDA BAYRAM SHUKUHI

🇺🇿 Eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uchtepa tumanidagi Ko‘ksaroy mahallasida ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "14-O‘rikzor" saylov okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov ishtirok etdi.

📇 Bayram tadbirida mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning farovon hayoti va mustaqillik ne’matining qadr-qimmati haqida samimiy fikrlar bildirildi.

🎁 Tadbir davomida deputat Abdurashid Abdushukurov mahalladagi faol xotin-qizlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

💬 Samimiy suhbatlar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, inson qadrini ulug‘lash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla hayotidagi faollikni yanada oshirish borasidagi ishlar haqida fikr almashildi.

🧠 Tadbir samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va bayramona kayfiyat bilan davom etdi. Bildirilgan duolarda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mustaqilligimiz abadiyligi tilandi.

Slide 1 of 6