Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
“SHUKR VA IFTIXOR” — MEHR VA E’TIBOR AKSIYASI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yunusobod tumanida “Shukr va iftixor” shiori ostida bayramoldi xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🔠Aksiya doirasida Yunusobod tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
I. Ashrapova, “Billur” mahalla raisi A. Raxmatov hamda mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qilayotgan front orti mehnat faxriylari va nogironligi bo‘lgan keksa avlod vakillaridan hol-ahvol so‘raldi.

👥Tashriflar davomida nuroniylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi.

👥Nuroniylar yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, bayram shukuhi hamda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan izchil islohotlardan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi uchun dildan duo qildilar.

👉Har bir xonadonga bo‘lgan tashrif samimiy muloqot va iliq taassurotlarga boy bo‘ldi. Xonadon egalari mamlakatimizda inson qadri, mehr va e’tibor yuksak qadriyat sifatida e’zozlanayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha omon va farovon bo‘lsin!

Slide 1 of 3