Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Oqtepa”mahallasida, Xalq deputatlari Kengashi deputati Usmanov Nig’matulla Rixsiboyevich tashabbusi bilan 274-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi xovlisida bayram tadbiri tashkil etildi.

👉Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bayram davomida mahalla faollariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida 1-sinfga qadam qo‘yayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab anjomlari va o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

✔️Tadbir davomida ishtirokchilarga osh tortilib, milliy qadriyatlarimiz va mehr-oqibat an’analarini o‘zida mujassam etgan samimiy dasturxon yozildi.

🎆Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, kuy-qo‘shiq, milliy va zamonaviy sahna chiqishlari hamda turli ko‘ngilochar dasturlar bilan yuqori saviyada o‘tkazildi.

✅Bunday tadbirlar mahalla ahlini birlashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!

Slide 1 of 6