Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Yoshlar bilan ochiq muloqot — bayram shukuhi va huquqiy bilim

🎉 Sherobod tumani “Katta hayot” mahallasida joylashgan “Edikeyshin” o‘quv markazida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🤝 Tadbirda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyev, “Madad” NNT bosh mutaxassisi S. Ochilov, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarovlar ishtirok etdi.

🇺🇿 Tadbir davomida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning bayram kayfiyati, kelgusidagi rejalari hamda orzu-maqsadlari bilan qiziqildi.

📚 Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilishlari, huquqiy masalalarda to‘g‘ri yo‘l tutishlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

❓ Yoshlarni qiziqtirgan savollar tinglanib, ularga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

🌟 Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Yoshlar — yurt kelajagi! Ularning bilimli, huquqiy savodxon va faol bo‘lib voyaga yetishi — taraqqiyotimizning muhim garovidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5