Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌿 Obod mahalla — farovon hayot va inson qadri

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati A. To‘xtashov hamda Oyinli mahallasi raisi K. Normurodov tomonidan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahalla hududi hamda xonadonlarda uyma-uy yurib olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

🏡 O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi obodlik va tozalik holati, xonadonlar atrofini tartibga keltirish, ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarini obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, mahalla fuqarolari S. Bozorova va N. Normurodovalarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar deputat va mas’ullar tomonidan kelishib olindi.

🌱 O‘rganish davomida mahallada tozalik va ozodalikka alohida e’tibor qaratilib, hudud ko‘rkamligini yanada oshirish, aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratish borasida amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

💚 Obod mahalla — obod xonadon, obod xonadon esa farovon hayot garovidir.

🤲 Bunday tashabbuslar mahallalarda obodonchilik madaniyatini yuksaltirish bilan birga, fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga e’tibor qaratish va inson manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4