Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🇺🇿 SHEROBODDA DAVLAT MUKOFOTLARI TANTANALI TOPSHIRILDI 🏅

🎉 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarni e’zozlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🏆 MEHNATGA YUKSAK E’TIROF

👏 Tantanali marosimda Sherobod tumani hokimi Usmon Alimov ishtirok etib, yillar davomida turli sohalarda samarali mehnat qilgan, fidoyiligi, tashabbuskorligi va halol mehnati bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirladi.

🤝 Mukofot sohiblarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat va yangi zafarlar tiladi.

👥 Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari ham bor.

🏘 Ularning hududni rivojlantirish, aholi manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning murojaatlari va muammolarini o‘rganish, shuningdek, tuman hayotiga daxldor masalalarni hal etish borasidagi faoliyati munosib e’tirof etildi.

Deputatlarning xalq bilan yaqindan hamkorlikda, mas’uliyat va fidoyilik bilan olib borayotgan samarali faoliyati ushbu yuksak mukofot bilan munosib taqdirlanganining yorqin ifodasidir.

✨ Mazkur esdalik nishoni — mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan insonlarga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tiborning yorqin ifodasidir.

🇺🇿 Yurt ravnaqi, xalq farovonligi va Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnat doimo e’zozda!

🎖 Mukofot sohiblarini yana bir bor muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 8