Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🩺 “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

🟣 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda tuman aholisi uchun Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, ijtimoiy
himoyaga muhtoj fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash, ularning salomatligi bilan bog‘liq muammolarini aniqlash va zarur tibbiy tavsiyalar berishdan iborat.

🩺 Bepul tibbiy ko‘rik jarayonida fuqarolar tibbiyot mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga salomatlik holatidan kelib chiqib zarur maslahat va tavsiyalar berildi. Aholining tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq murojaat va ehtiyojlari ham o‘rganildi.

🤝 Deputatlik guruhi va tuman tibbiyot birlashmasining hamkorligida tashkil etilgan mazkur amaliy tadbirda deputatlik guruhi rahbari M. Madarqоulov, guruh a’zolari N. Saidova va L. Hakimova bevosita ishtirok etib, tibbiy ko‘rik jarayoni bilan tanishdilar hamda aholi bilan muloqot qildilar.

Deputatlik guruhining bunday amaliy tashabbuslari aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining muammolarini joyida o‘rganish, ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

💚 Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3