Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🤝 Mehr-oqibat va e’tibor — ezgu qadriyat 🌿

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Ezgulik chellenji” doirasida ezgu va savobli ishlar amalga oshirilmoqda. 🇺🇿🌿

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Saidova Nigora Rajabboevna hamda maktab jamoasi hamkorligida ko‘p yillar davomida madaniyat va san’at sohasida fidokorona mehnat qilgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan Pirmatova Mavluda xonadonidan hol so‘raldi. 🏡🌷

💐 Tashrif davomida Mavluda opa bilan samimiy suhbatlashilib, u kishining uzoq yillar davomida madaniyat va san’at sohasida olib borgan mehnat faoliyati, yosh avlod tarbiyasi hamda milliy san’atimiz rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

🤲 Shuningdek, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tilaklar bildirilib, xonadon sohibasiga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.

🌿 Mazkur tashrif deputat va biriktirilgan tashkilotning o‘zaro hamkorligi asosida inson qadrini ulug‘lash, soha faxriylarini e’zozlash, mehr-oqibat va e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan amaliy ishlarning yana bir namunasi bo‘ldi.

✨ Ezgu tashabbus — hamjihatlik va insonparvarlikning yorqin ifodasidir!

🇺🇿 Yaxshilik qilaylik, mehr ulashaylik!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4