Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
KENGASH RAISI YANGI QURILAYOTGAN KO‘P QAVATLI UYLAR YUZASIDAN AHOLI BILAN UCHRASHDI.

Bugun, 26-avgust kuni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi raisi, 14-“Cho‘qqayma” saylov okrugidan saylangan deputat Dadamatov Faxritdin Janobovich boshchiligida Parkent tumani “Gulbog‘” MFY fuqarolari bilan hududda qurilishi boshlangan ko‘p qavatli uylar va loyiha doirasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda Kengash raisi bilan bir qatorda deputatlar Usipxodjayev Yerlan Ormanovich,To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li, Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li, shuningdek,tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Muloqot davomida aholiga yangi ko‘p qavatli uylarning qurilishi, loyiha doirasida hududda amalga oshiriladigan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilishi ko‘zda tutilayotgan sharoit va qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.Kengash raisi tomonidan aholining fikr va takliflarini bevosita eshitish, loyihani amalga oshirish jarayonida jamoatchilik manfaatlarini inobatga olish muhimligi ta’kidlandi.Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, taklif va mulohazalarini bildirdilar.Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan berilgan savollarga tegishli tushuntirishlar berildi.Bildirilgan takliflar belgilangan tartibda o‘rganilib,loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlarni tashkil etishda jamoatchilik fikrini inobatga olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi qayd etildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari yuzasidan aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etish va jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlari davom ettiriladi.  

Slide 1 of 3