Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi Novdak MFYda bo‘lib, hududdagi mavjud holat hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori Usmonov Jasur Alisher o‘g‘li bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari, aholi osoyishtaligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.“Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududga 14 ta videokuzatuv kamerasi, shundan 8 tasi yuzni aniqlovchi va 3 tasi 360 daraja aylanuvchi kameralar o‘rnatilgani, shuningdek, mahallaning qorong‘i hududlariga 96 ta quyosh batareyali tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgani ma’lum qilindi.O‘rganish davomida 2026-yilning shu davriga qadar Novdak MFY hududida jinoyat holati qayd etilmagani qayd etildi. Shuningdek,yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida muntazam davra suhbatlari hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borilayotgani bildirildi.Deputat tomonidan profilaktika inspektorining faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati kuchaytirilishi, “Xavfsiz mahalla” tizimi doirasidagi ishlarni izchil davom ettirish va mavjud xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan choralarni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 4