35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
6-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi



Ta’lim muassasalarini 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish masalalari doimiy nazoratda.

Shu maqsadda Termiz shahridagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, moddiy-texnik baza, o‘quvchi o‘rinlari va ta’lim jarayoni uchun zarur sharoitlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari 6-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.Unda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdi.

🏗 Mazkur maktabda 2026-yilgi Investitsiya dasturi asosida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, mavjud sharoitlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📌 Ayniqsa, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim infratuzilmasining holati, o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish, shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq bajarilishiga e’tibor qaratildi.

⚙️ Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🎯 Maktabni 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha belgilangan ishlarni sifatli yakunlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish nazoratga olindi.

Slide 1 of 7