35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Ziynat MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligi, ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholining muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📊Shuningdek, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz yashovchi fuqarolar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli ishlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda zarur ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

😄Mahallada kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish holati tahlil qilindi.

🛍O‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mavjud ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordamlarni o‘z vaqtida tayinlash hamda to‘lash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar belgilandi.

Slide 1 of 1