35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
GO‘ZALKENT MAHALLASIDA TADBIRKOR YOSHLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandi — mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni bandligini ta’minlash va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amaliy o‘rganishlar davom etmoqda.
🔎 Shu doirada tuman Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan Go‘zalkent MFYda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning faoliyati o‘rganildi.
🏠 Jumladan, Alisher Ro‘ziyevning AKFA eshik va romlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish davomida tadbirkorning faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashildi.
👥 E’tiborlisi, Alisher Ro‘ziyev nafaqat o‘zini ish bilan ta’minlab, balki mahalladagi 4–5 nafar yoshni ham doimiy ish bilan ta’minlab, ularga kasb-hunar sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
📌 Bunday tashabbuslar yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2