35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Asrab-avaylanishi lozim bo‘lgan tarixiy obyekt qarovsiz holatda

O‘rganish davomida Moyan MFY hududida joylashgan madaniy meros obyektining bugungi holati jiddiy e’tibor talab qilishi aniqlandi. Xususan, obyekt atrofi qarovsiz, obodonlashtirilmagan va sanitariya holati talab darajasida emasligi, hududda tozalik va tartibga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi kuzatildi.
️Mazkur holat madaniy meros obyektini asrash va uning tarixiy qiyofasini saqlab qolish borasidagi talablarning to‘liq bajarilmayotganidan dalolat beradi. Obyekt atrofidagi qarovsiz holat uning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kelgusida yanada yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish faqatgina obyektning o‘zini saqlash bilan cheklanmasligi, balki uning atrofidagi hududni ham obodonlashtirish, tozaligini ta’minlash va tegishli tartibda saqlashni talab etishi ta’kidlandi.
️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, obyekt atrofi hududini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, shuningdek, madaniy meros obyektining muhofazasini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar belgilandi.

Slide 1 of 1