35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqaro murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Davlat kadastrlari palatasi filialidan rasmiy javob kelib tushdi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahar “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘ini, Davronbek ko‘chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ochilov Hamidjonning o‘z xonadoniga tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasidagi murojaati ko‘rib chiqilgan.

Murojaat yuzasidan tegishli ma’lumotlar va arxiv hujjatlari o‘rganib chiqildi. Natijada fuqaroning mazkur turar joyi bo‘yicha huquqni tasdiqlovchi mavjud hujjatlar aniqlanib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda zarur amaliy ishlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilindi.

Rasmiy javobga ko‘ra, kadastr hujjatlarini tayyorlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini davom ettirish uchun tegishli tartibda Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YIDXP orqali murojaat qilish lozimligi tushuntirildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi natijasida fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganilib, uning uy-joyiga oid hujjatlarni qonuniy tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha aniq yo‘nalish va amaliy tartib belgilab berildi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, fuqaroning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida zarur ko‘mak ko‘rsatish va masalani qonuniy hal etishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi