35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
#biriktirilgan_tashkilot #Kotibiyat_mudiri

 ✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri N. Mo‘minova, Kengash kotibiyati mutaxassisi G. Rajabova hamda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Qambaridinova Varsin mahallasida bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdilar.

✅Uchrashuv davomida tadbirkor Madina Sadullayevaning go‘zallik salonida yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi. Tadbirkor hokim yordamchisining tavsiyasi asosida tuman Agrobank filiali orqali “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 17 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

✅Bugungi kunda Madina Sadullayeva o‘z salohiyatini namoyon etib, 3 nafar shogirdi bilan birgalikda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib, o‘zini o‘zi band qilish bilan bir qatorda boshqa xotin-qizlarning ham kasb egallashiga ko‘maklashmoqda.

✅Muloqot davomida tadbirkorning kelgusidagi rejalari tinglanib, faoliyatini yanada kengaytirish va yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 2