35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Kotib

“Olimlar” MFYda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston “Adolat” SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov ishtirok etib, Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalla faollari va keksa nuroniylarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shundan so‘ng bayramona kayfiyat konsert dasturi bilan davom etdi. Yangragan kuy-qo‘shiqlar, dilbar chiqishlar va ko‘tarinki ruh tadbir ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar mahallada ahillik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, yurtdoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!

Slide 1 of 6