35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: MUAMMOLAR VA EHTIYOJLAR O‘RGANILDI

“Minor” mahallasida xotin-qizlarni xatlovdan o‘tkazish hamda ularning ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha ishlarning borishi ko‘rib chiqildi.

🇺🇿🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Kashkarov Oleg Romanovichga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Aliyeva tomonidan mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi xotin-qizlarni xatlovdan o‘tkazish jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

➖Xatlovning asosiy maqsadi — har bir xonadondagi xotin-qizlarning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, muammolari va ehtiyojlarini chuqur o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash hamda zarur yordamni manzilli tashkil etishdan iborat ekani ta’kidlandi.

🔹Suhbat davomida band bo‘lmagan yoki kasb-hunarga ehtiyoji mavjud xotin-qizlarni aniqlash, ularni ishga joylashtirish va kasbga yo‘naltirish, shuningdek, zarur hollarda ijtimoiy, tibbiy, psixologik hamda moddiy ko‘mak bilan ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.

🤝Yakunda mahallada xotin-qizlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, aniqlangan muammolarni e’tiborsiz qoldirmasdan, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan kelishib olindi.

👩Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish va ularning muammolariga yechim topish — doimiy e’tiborimizda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3