35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
“Yangi hayot” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi
#Kengash_raisi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#nazorat_tahlil

“Yangi hayot” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-“Yangi hayot” saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Normo‘minovning saylov okrugidagi “Yangi hayot” mahallasida tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova tomonidan mahalla raisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarorida belgilangan mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi hamda mahallalardagi muammolarni hal etish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish vazifalari asosida tashkil etildi.

Aniqlangan muammolar va takliflar tegishli tartibda umumlashtirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi hamda zarur hollarda masalalar deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3